Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichining birinchi uchrashuvida Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratdi. Xitoy Taybeda bo‘lib o‘tgan o‘yin 13:2 hisobida yakunlandi.

O‘zbekistonliklardan gollarga Artur Yunusov (3-daqiqada), Davron Choriyev (7', 8', 13'), Farhod Abdumavlonov (11'), Ixtiyor Ropiyev (16'), Xusniddin Nishonov (22'), Dilmurod Shavkatov (22'), Ilhomjon Hamroyev (25'), Dilshod Rahmatov (31'), Anasxon Rahmatov (35'), Mashrab Odilov (38') va Davron Abdurahmonov (40') mualliflik qildi.

Raqiblar tarkibida Jang Yong Chol dubl (25', 38') qayd etdi.

3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 13:30 da O‘zbekiston Tojikiston, 5 fevral xuddi shu vaqtda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi.

Video