Arkadiy Gershman — «Odamlar uchun shahar» va «Velomoskva» ommabop loyihalari muallifi. Internet foydalanuvchilari uni rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamovhamda Ilya Varlamov va Maksim Кацning «Shahar loyihalari» shaharlarni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlik yuzasidan yaxshi taniydi.

O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi chog‘ida Arkadiy Gershman «Gazeta.uz» muallifi Nikita Makarenko bilan Toshkent va Samarqand shahar infratuzilmasini hamda uning zamonaviy shahar standartlariga muvofiqligini batafsil o‘rganadi.

Arkadiy Gershman ko‘chalar va yo‘llar, jamoatchilik joylarining hozirgi holati bilan tanishadi, shuningdek, shaharlardagi jamoat transporti tizimi holatini o‘rganadi.

Barcha kuzatishlar, tavsiyalar va amaliy yechimlar fevral oyi davomida «Gazeta.uz"ning «Orzudagi Toshkent» loyihasi doirasida e’lon qilib boriladi.

Kuzatuvlar tafsilotlari, tavsiya va amaliy yechimlar fevral oyida «Gazeta.uz"ning maxsus loyihasi doirasida yoritib boriladi.

Arkadiy Gershman Moskva hukumati va «Aekom» korporatsiyasida transport tahlilchisi sifatida ishlagan, ayni paytda xususiy loyiha faoliyati bilan shug‘ullanadi. 2035 yilgacha Sankt-Peterburg shahri transport rejasining temir yo‘l qismi, Tver avtoturargohlar muhitini rivojlantirish konsepsiyasi, Moskva transport navigatsiyasi va Rossiyani 2035 yilgacha rivojlantirish loyihalarini yaratishda ishtirok etgan. Shaharni planlashtirish sohasida Rossiyadagi yetakchi kompaniya hisoblangan «Strelka» konsalting byurosi bilan hamkorlik qiladi.