2−3 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkazdan Kaspiy dengizi orqali nam va ancha sovuq havo oqimi kirib kelib, o‘zgaruvchan ob-havo kuzatilishi kutilmoqda, deya xabar qildi O‘zgidromet.

2 fevral kuni respublika bo‘yicha qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Mamlakatning katta qismida havo harorati +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi.

3 fevral kuniga namlik bashorati. Manba: O‘zgidromet

3 fevral kuni respublikaning katta qismida, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari, ayrim joylarda qor yog‘adi. Kunduzgi harorat 0…+5 darajagacha tushadi.

2−3 fevral kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

2−5 fevral kunlari uchun ob-havo bashorati