Moliyaviy piramida asoschisi Ahmadjon Tursunboyevdan olib qo‘yilgan 105 ta turli rusumdagi mashinalar qonuniy egalariga qaytarildi, deya xabar qildi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi. Tursunboyev va uning sheriklari qamoqqa olingani to‘g‘risida 2016 yilda xabar qilingan edi.

Milliy xavfsizlik xizmati tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov jarayonida fuqarolar o‘z transport vositalarini ikki barobar qimmatga sotish maqsadida ko‘ngilli ravishda topshirishgani aniqlandi. O‘rganish jarayonida ular Ahmadboydan hech qanday pul olmagani ma’lum bo‘ldi.

Ahmadjon Tursunboyevning jinoiy faoliyati besh yil davom etgan. Bir necha o‘n ming fuqaro jabr ko‘rdi. U va uning besh nafar sherigiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 243- (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) moddalari bo‘yicha jinoiy ish yuritildi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Video