Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sobir Rahmonqulov vazifasidan ozod qilindi, deya xabar qildi boshqarma vakili «Gazeta.uz"ga. U O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishdan so‘ng lavozimini tark etgan.
Boshqarmaga shu vaqtga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Abdusalom Yuldashev boshliq etib tayinlandi.
Abdusalom Yuldashev (1967 yilda tug‘ilgan) — Toshkent xalq xo‘jaligi (1990) va Prezident huzuridagi davlat jamiyat qurilishi akademiyasi (1996) bitiruvchisi.
1992 yildan buyon soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2012 yilda DSQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.