Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimini tark etgan Rustam Inoyatov O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati Prezidentning 31 yanvardagi farmoniga tayanib xabar qildi.

Avvalroq xabar qilinganidek, MXX rahbari lavozimini tark etgan Rustam Inoyatov o‘rniga mamlakatning sobiq bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev tayinlandi. Prezidentning bu haqdagi farmoni 31 yanvar kuni imzolandi.