O‘zbekiston Prezidenti Farmoni bilan Adham Ismoilov Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi regulyator matbuot xizmati. 2014 yildan u Prezident devonining Ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish xizmati bosh maslahatchisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adham Ismoilov — Toshkent moliya instituti bitiruvchisi, mehnat faoliyatini 1993 yilda Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida boshlagan.

2011−2014 yillarda «Xalq banki» raisining birinchi o‘rinbosari, so‘ngra rais vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.