30 yanvar kuni Qarshida Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati. Bugun O‘zbekistonda mamlakatning birinchi rahbari tavalludining 80 yilligi nishonlanmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Davlat rahbari buyuk siyosatchi va dono islohotchi Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganini ta’kidladi.

Islom Karimovning haykalini Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova ochdi.