Samarqandda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi ochildi. Majmuaning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi, deya xabar qildi davlat rahbarining matbuot xizmati.Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ko‘zdan kechirdi va Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on o‘qildi.

Tadbir ishtirokchilari, mamlakatimizning barcha joylaridan kelgan yurtdoshlaimiz maqbarani ziyorat qilib, gullar qo‘ydilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga ham gul qo‘ydi.

Shu kuni Forumlar majmuasida elga ehson oshi tortildi.