AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi bosh o‘rinbosari Elis Uells ushbu haftada O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar qildi Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati.

Elis Uells Toshkentda Elis Uells Prezident Mirziyoyevning islohotlar dasturi doirasida erishilgan yutuqlar, xalqaro va mintaqaviy masalalar, shuningdek iqtisod va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun hukumatning yuqori lavozimli rasmiy vakillari bilan uchrashadi.

Elis Uells O‘zbekistonga tashrif buyurishga qadar 30 yanvar kuni Londonda Buyuk Britaniya hukumati rasmiylari va xalqaro OAV xodimlari bilan uchrashadi.