O‘zbekistonning «Qizilqumsement» va «Bekobodsement» sement ishlab chiqarish korxonalari aholi uchun sementni arzonlashtirilgan narxlarda sotishni yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar qildi «O‘zqurilishmateriallari» kompaniyasi axborot xizmati.

Sementning 1 tonnasi sotilish joyidan kelib chiqqan holda 500 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotish tashkillashtirilmoqda. Hozirgi kunda respublikaning barcha yirik shahar va tumanlarida aholiga sement mahsulotini sotish savdo joylari tashkil etilmoqda.

Kompaniya xabarida qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar respublika bozorlarida spekulyativ aralashuvlarga chek qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.