«Paxtakor» futbol klubi portugaliyalik hujumchi Ismael Gonsalvesh bilan transfer shartnomasini imzoladi, deya xabar qildi poytaxt jamoasi matbuot xizmati.

Ismael Gonsalvesh — Portugaliyaning «Boavishta» klubi tarbiyalanuvchisi. U «Nitssa» (Fransiya), «Sent-Mirren» (Shotlandiya), «APOEL» (Kipr), «Veria» (Gretsiya), «Anortosis» (Kipr), «Al-Ittifoq» (Saudiya Arabistoni) va «Xarts» (Shotlandiya) kabi jamoalarda to‘p surgan.

«Ushbu klublarning barchasi Ismael ularda o‘ynagan vaqtda oliy liga vakillari bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Futbolchi Shotlandiya Liga Kubogi («APOEL», 2013) va Kipr Superkubogini («Sent-Mirren», 2013) qo‘lga kiritgan. U Portugaliya U-17 termasida ham to‘p surgan.