Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi chet el diplomlarini nostrifikatsiya qilish uchun hujjatlarni qabul qilish olishga mo‘ljallangan onlayn xizmatni ishga tushirdi. Bu haqda Davlat inspeksiyasidan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi.

«Avvallari ariza beruvchi nostrifikatsiya jarayoni to‘g‘risidagi oddiy axborotlarni olish uchun ham qishloq joylardan markazga kelishga majbur bo‘lar edi. U navbatda turar, qiziqtirgan savollariga shaxsan javob olib uyiga qaytar edi», — deyiladi xabarda.

Endilikda xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar ekvivalentligini o‘rnatish uchun onlayn arizani to‘ldirish va suhbatdan o‘tish yoki imtihon topshirish uchun Davlat inspeksiyasiga bir martagina tashrif buyursa yetarli.

Mahkama nostrifikatsiya uchun imtihonlarni hududlarning o‘zida o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.