28 yanvardan 29 yanvarga o‘tar kechasi Xitoyda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar termasi Toshkentga qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda futbolchilar va ularning murabbiylarini ularning yaqinlari va ishqibozlardan tashqari bosh vazir Abdulla Aripov, Milliy Olimmpiya qo‘mitasi va Futbol assotsiatsiyasi rahbarlari hamda keng jamoatchilik kutib oldi.

Osiyo chempionlari uchun bayroqlar va «Biz sizdan faxrlanamiz» yozuvi bilan bezatilgan to‘rtta ikki qavatli avtobus tayyorlab qo‘yilgan edi.

22 futbolchining har biriga oq rangli Malibu avtomobillari, to‘rt nafar murabbiyga esa qora rangli Malibu tortiq qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musobaqaning birinchi uchrashuvida Qatar termasidan mag‘lubiyatga uchradi (0:1), biroq keyingi uchrashuvlarda Xitoy (1:0), Ummon (1:0), Yaponiya (4:0), Janubiy Koreya (4:1) va Vetnam (2:1) jamoalari mag‘lubiyatga uchratildi.

Foto



Video

Video: Championat.asia.