O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sauli Niynistyoni Finlyandiya Prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Finlyandiyada saylovlar o‘tgan yakshanbada bo‘lib o‘tdi. Interfaksning xabar qilishicha, Sauli Niynistyo hisob-kitoblar yakunlariga ko‘ra saylovchilarning 62,7 foiz ovoziga ega bo‘ldi. Qolgan nomzodlar 6,9 foizdan 1,5 foizgacha ovoz to‘plagan. Saylovda jami bo‘lib sakkiz nomzod prezidentlik uchun kurashgan.

Ovoz berishda 69,9 foiz saylovchilar ishtirok etgan.