O‘zbekistonlik professional bokschi Sanjar Rahmonov (10−0−1, 5 KO) Shimoliy Amerika Boks federatsiyasi (NABF) talqini bo‘yicha yoshlar o‘rtasida vakant bo‘lib turgan chempionlik tituli sohibi bo‘ldi.

Andijon boks maktabi vakili kichik Xaylon Uilyamsni (16−4−1, 3 KO) muddatidan oldin mag‘lub etdi. Amerikalik bokschi jangning dastlabki daqiqalardanoq nokdaunga uchradi, biroq o‘rnidan tura oldi. Ammo ikkinchi raundda referi Sanjar Rahmonovning yaqqol ustunligini ko‘rib uchrashuvni to‘xtatishga qaror qildi.

Video