1 fevraldan O‘zbekiston banklarida tushlik vaqti yana 13:00 da 14:00 gachani tashkil etadi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga Toshkentdagi qator banklar ma’lum qildi, ushbu ma’lumotni Markaziy bank ham tasdiqladi.

Hozirda banklarda tushlik vaqti 14:00 dan 15:00 gacha. Ushbu tartib 2015 yil apreli oxirlarida joriy etilgan edi.

Moliya muassasalari ish tartibining o‘zgarishi Markaziy bankning 27 yanvardagi tavsiyasi asosida «tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish» maqsadida amalga oshirilmoqda.

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari ish rejimi har bir bankning ichki tartib qoidalariga muvofiq belgilanadi.