O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Toshkent-Bishkek» («G‘isht ko‘prik» / «Jibek Joli» o‘tkazish punktlari orqali), «Andijon-O‘sh» («Do‘stlik» / «Dostuq» o‘tkazish punktlari orqali) va «Farg‘ona-O‘sh» («O‘zbekiston» / «Qizil Qiya» o‘tkazish punktlari orqali) doimiy avtobus qatnovlarini qayta tiklamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Daryo va avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

«O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» avtomobil yo‘lagini shakllantirish va ushbu mamlakatlarning xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish 22−25 yanvar kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

Xitoy tomoni bilan O‘zbekiston avtotransport vositalari yuklarini Xitoy Xalq respublikasi hududi bo‘ylab qiyinchiliklarsiz tashilishi to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. Delegatsiya ikki davlat o‘rtasida xalqaro avtomobil yuklarini tashishga ruxsat berish blankalarining o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida ham kelishuvga erishildi.

Har uchala tomon ham 2017 yilning 30 oktyabr-3 noyabr kunlari «Toshkent-Andijon-O‘sh-Irkeshtom-Qoshg‘ar» yo‘nalishi bo‘ylab xalqaro avtokarvon safarining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganini qarshiladi. Ushbu avtokarvonda har bir mamlakatdan uchtadan yuk tashuvchi avtotransport vositasi ishtirok etib, mazkur yo‘nalish bo‘ylab muntazam avtomobil yuklarini tashish iqtisodiy jihatdan samarali ekanini tasdiqladi.