O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga uning Chexiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi ma’suliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Chexiya xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.

Chexiyaning amaldagi Prezidenti Milosh Zeman shanba kuni prezidentlik saylovining ikkinchi turida 51,36 foiz ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozondi. Uning raqibi — Fanlar akademiyasining sobiq raisi Yirji Dragosh 48,63 foiz ovoz to‘pladi.

Milosh Zemanning inauguratsiyasi 8 mart kuni Praga Gradida bo‘lib o‘tadi.