Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inga Miryan shahridagi shifoxonada yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Interfaks agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in natijasida eng kamida 31 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 70 nafardan oshiq kishi jarohatlandi. China News Service onlayn nashri 41 kishining qurbon bo‘lganini xabar qilmoqda.

Yong‘in vaqtida shifoxona binolarida qariyb 200 kishi bo‘lgan. Yong‘in pastki qavatlarda tarqalib, odamlarning chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan.