Uzbek Tigers yarim professional klubi 10 fevral kuni Jahon boks seriyasi WSB VIII mavsumi birinchi turi doirasida Cuba Domadores jamoasiga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Yangi mavsumda «O‘zbek yo‘lbarslari» Cuba Domadores (Kuba), Colombian Heroicos (Kolumbiya), Caciques de Venezuela (Venesuela) bilan Amerika guruhiga tushdi. Joriy yilda 12 ta jamoa uchta geografik zona: Amerika, Yevropa va Osiyoga taqsimlandi. Dastlabki uchrashuvlar fevraldan {321de98e} bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston termasi kubaliklarga qarshi quyidagi bokschilar bilan bahsga kirishadi: Xudoynazar Fayzov (52 kg), Shunqor Abdurasulov (60 kg), Mahmud G‘oipov (69 kg), Madiyor Saydrahimov (81 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg).

Javob uchrashuvi Toshkentda 27 fevral kuni bo‘lib o‘tsa, 1 mart kuni mehmonda Kolumbiyaning Colombian Heroicos jamoasi bilan bellashuv rejalashtirilgan.

Amerika guruhi

  • Uzbek Tigers
  • Cuba Domadores
  • Colombian Heroicos
  • Caciques de Venezuela

Osiyo guruhi

  • Patriot Boxing Team
  • China Dragons
  • Astana Arlans Kazakhstan
  • Indian Tigers

Yevropa guruhi

  • Croatian Knights
  • Italia Thunder
  • France Fighting Roosters
  • British Lionhearts