O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi (avval — O‘zbekiston Futbol federatsiyasi) prezidentligiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov saylandi. Bu haqda 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida ma’lum qilindi.

Konferensiya jarayonida O‘FAning yangilangan ustavi qabul qilindi (so‘nggi bor 2009 yilda o‘zgartishlar kiritilgan — tahr.). Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasiga o‘zgartirildi.

«Biz futbolda ko‘p yutqazdik. Birgalikda ushbu sport turini rivojlantiramiz, ayniqsa hududlarda. Asosiy vazifa — biz quyidan ko‘tarilishimiz kerak, bulutlarda uchishimiz emas. Agarda hududlarda ishlamasak, hech narsa bo‘lmaydi», — dedi Achilbay Ramatov.

Achilbay Ramatov «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi boshqaruvi raisi, Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari ham hisoblanadi.

O‘FFning sobiq prezidenti Umid Ahmadjonov avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan edi.