O‘zbekiston bosh prokurori lavozim tayinlovlari to‘g‘risidagi buyruqlarga imzo chekdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar qildi.

Muzaffar Egamberdiyev O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Andijon viloyati prokurori lavozimiga esa G‘ayratjon Fozilov tayinlandi.