GM Uzbekistan Yaqin Sharq bozorlariga Chevrolet Spark avtomobillarini yetkazib berish boshladi, deya xabar qildi avtoishlab chiqaruvchi matbuot xizmati.

23 yanvar kuni Livan va Iordaniyaga avtomobillarning birinchi partiyasi yuklandi. Yil oxiriga qadar ushbu mamlakatlarga 500 donadan kam bo‘lmagan miqdorda avtomobillar yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Avtoishlab chiqaruvchi Tunisga ham Chevrolet Spark avtomobillarini eksport qilish bo‘yicha ishlar yakuniga yetayotganini ma’lum qildi.