22 yanvar kuni Prezident shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan O‘zbekistonning 2018 yilgi Davlat dasturida mamlakat hududida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsiya kartalarini (ID-kartalar) joriy etish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida xorijga chiqish jarayonlarini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. O‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjat 20 aprelga qadar ishlab chiqilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avval muhokama uchun e’lon qilingan Davlat dasturi loyihasida 1 iyuldan amaldagi pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida tan olish va fuqarolik pasporti o‘rniga ID-kartalarni joriy etishni boshlash taklif qilingan edi. Tasdiqlangan qoidalar taklif etilganlaridan farq qiladi.