O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni telefon orqali Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan suhbatlashdi.
Qozog‘iston davlat rahbari saytida xabar qilinishicha, Nursulton Nazarboyev 18 yanvar kuni Aqto‘be viloyatida avtobus yong‘inida O‘zbekiston fuqarolari vafot etgani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.
Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, kun tartibidagi dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashdi.