Seshanba kuni 6:26 da Toshkentda yer osti silkinishlari qayd etildi. Poytaxt seysmostansiyasining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, poytaxtda zilzila kuchi 4 balni tashkil etdi.

Zilzila o‘chog‘i Toshkentdan 18 km uzoqlikda, Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati Sariag‘ash shahri hududida joylashgan. Epitsentrda zilzila magnitudagi 3,9 balni tashkil etgan.