Mart oxirigacha O‘zbekistonda 150 ta bankomat ishga tushiriladi, deya xabar qildi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘tgan yilning dekabrida bank kartalari foydalanuvchilariga qulay sharoit yaratish va jamoat joylarida bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 159 dona bankomat ishga tushirilgan edi. Yangi bankmatlarning joriy etilishi bilan ular soni 595 donaga yetadi.

O‘tgan yili 57 foiz tranzaksiyalar bank kartalari orqali tovarlar va xizmatlarga to‘lovlar, boshqa to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri kelgan edi.

2017 yil dekabrida muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalari soni 18,7 milliontani tashkil etdi.