O‘zbekistonda vaqtinchalik yoki doimiy propikasiz fuqarolarni ishga qabul qilishdagi taqiq bekor qilindi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22 yanvardagi 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangan qarorida ko‘zda tutilgan.

«O‘zbekiston 24» telekanali «Axborot 24» dasturining xabar qilishicha, shu bilan bir qatorda vaqtinchalik yoki doimiy prokiskasiz yashovchi fuqarolarni ishga olganligi uchun ish beruvchilarni javobgarlikka tortish ham bekor qilindi.

2018 yilgi Davlat dasturiga muvofiq, Toshkent va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolarga ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk xarid qilish imkoniyatini taqdim etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo‘yicha hisobga turmasdan) bo‘lish muddati uzaytiriladi.

Davlat dasturi 231 banddan iborat. Hujjatda, shuningdek 37 ta qonunni qabul qilish ko‘zda tutilgan.