2018 yilning birinchi choragida GM Uzbekistan ishlab chiqarish quvvatlarida Chevrolet Orlando avtomobillarini yig‘ish to‘xtatiladi, deya xabar qildi kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati. Qaror General Motors tomonidan modellar safini yangilash bo‘yicha global strategiyasiga muvofiq qabul qilindi.

Ishlab chiqarish tugatilishi munosabati bilan mazkur modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni olishga arizalarni ro‘yxatga olish to‘xtatildi. GM Uzbekistan shu vaqtga qadar tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar o‘z egalariga belgilangan muddatlarga yetkazib berilishini ma’lum qildi.

GM Uzbekistan yetti o‘rinli Chevrolet Orlando minivenini 2014 yildan buyon ishlab chiqarmoqda. Mashina korxonaning Xorazm viloyatidagi zavodida yig‘ilgan.