O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni Surxondaryo viloyatidagi Hakim Termiziy maqbarasiga tashrifi chog‘ida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida vatandoshlar halok bo‘lganidan chuqur qayg‘uda ekanini ta’kidlab, ularning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

«Kechagi bo‘lgan falokatlar ko‘p narsalardan odamga dalolat qiladiki, xalqimiz oldida hali qarzimiz ko‘p. Odamlarimizga sharoit yaratmaganimiz uchun ularning begona yurtlarda ish qidirib yurganlari, bu albatta, davlat nuqtai nazaridan, davlat rahbariyati, hamma tizimdagi rahbarlarda bo‘lgan eng katta xato va kamchiliklarimizni o‘z vaqtida [bartaraf] qilmaganimizdan dalolat beradi», — deya tan oldi davlat rahbari.

«Ular begona yurtlarda sarson-sargardon, degan gap bekor gap emas. Bechoralar, ularning ham umidi bor Xudodan, ne niyatlar bilan bolamni boqaman, otamga bir so‘m olib kelaman deb [ketishgan]. Yosh-yigitlar hammasi… Hammasi o‘zbekistonliklar. Albatta, odam juda katta qayg‘uda. Ota-onalarga hamdardlik yubordik», — dedi Prezident.

Video