O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi O‘zA.

Davlat rahbari hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi va turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi.

Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10−11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. O‘tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida viloyatda qator sanoat loyihalari ishga tushirildi, ko‘plab ijtimoiy ob’ektlar foydalanishga topshirildi.