O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda: Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobusning 55 nafar yo‘lovchisi — dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolaridir. Yana ikki nafari esa Qozog‘iston fuqarosi.

Yong‘in natijasida 52 kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.

O‘zbekiston FVV tezkor bog‘lanish uchun aloqa raqamlarini tashkil etdi: (+99871) 147−10−50 va (+99871) 212−67−00.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi tezkor bog‘lanish raqamlari (+7 7132) 56−29−62 va (+7 7132) 56−68−85.