Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari dekabr oyida bir oy avvalgiga nisbatan 3 foizga qimmatlashib, kvadrat metri uchun 530 dan 545 sh. b. ga qimmatlashdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi. Solishtirish uchun — 2016 yil dekabrida taklif qilingan o‘rtacha narx 552 sh. u. ni tashkil etgan edi.

Oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 3 foizga oshib, 576 sh. b. dan 594 sh. b. ga yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi ham 3 foizga qimmatlab, 516 sh. b. ga ko‘tarildi (500). Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 545 sh. b. (+3 foiz), ikki xonali — 524 (+3 foiz), uch xonali — 560 (+2 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 557 (+2 foiz).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.