O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Bahodir Po‘latov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi nazorat organi matbuot xizmati.

Ushbu tayinlovga qadar Bahodir Po‘latov 2017 yil yanvaridan Qashqadaryo viloyati prokurori, ungacha esa Farg‘ona viloyati prokurori va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga Botir Yusupov rahbarlikka tayinlandi.