Asia Alliance Bank Yagona xalqaro protsessing markazi (GlobUz) bilan hamkorlikda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib valyuta ayirboshlash imkoniyatiga ega bo‘lgan bankomatni taqdim etdi. O‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunasi 15 yanvardan ishga tushirildi.Asia Alliance bank banki bosh idorasiga joylashtirilgan hozirda yagona bo‘lgan bankomat naqd ko‘rinishdagi AQSH dollarini naqd so‘mlarga ayirboshlaydi. Tez orada bankning barcha filiallari va filiallardan tashqarida bo‘lgan nuqtalarga shu kabi bankomatlarni joylashtirish rejalashtirilgan.

Naqd pullarni bank xodimlari ishtirokisiz kunu tun ayirboshlash kursi bo‘yicha almashtirish mumkin. Yaqin vaqtlarda yevro va Rossiya rublini ayirboshlash yo‘lga qo‘yiladi.

Yagona xalqaro protsessing markazi bosh direktori Shuhrat Qurbonovning ma’lum qilishicha, birlamchi vazifa kunu tun ishlaydigan valyuta ayirboshlash bankomatlarini ishga tushirishdan iborat. «Biz naqt xorijiy valyuta qabul qilib, so‘m berishni yo‘lga qo‘ydik, chunki bu ayirboshlash punktlarining asosiy faoliyati shundan iborat. Texnik tizim teskarisini ham bajara oladi, biroq yagona noqulaylik — bankomatlar ishlanmalari bazalarida hozircha yangi 10 ming va 50 ming so‘mlik kupyuralarning haqiqiyligini tekshirish imkoniyati mavjud emas. Hozirda ushbu kupyuralarni bazaga kiritish ishlari ketmoqda, o‘ylaymanki tez orada bu amalga oshiriladi. Agarda qonunchilik naqd xorijiy valyutalarni sotishga ruxsat bersa, ushbu bankomatlar mazkur vazifani ham bajara oladi», — dedi Shuhrat Qurbonov.

So‘mlar 1000, 5000, 10000 va 50000 so‘m nominaldagi banknotalar 2000−2500 ta pul sig‘imiga ega to‘rtta kassetalarda saqlanadi. «Faqatgina bitta cheklov mavjud — bankomatlar bir martada 40 ta, taxminan 240 dollar [ekvivalentidagi] banknotalarni bera oladi. Statistika bo‘yicha asosiy odamlar ayirboshlash punktlariga 100−300 dollar topshirishadi», — dedi GlobUz rahbari.

Hozirda bankomat GlobUz kartalarini ham qabul qilmoqda, biroq yaqin kunlarda Visa, Master Card va UnionPay kartalarini ham integratsiya qilish kutilmoqda. Shuningdek Yagona umumrespublika protsessing markazi (UzCard) bilan integratsiya qilish ishlari ham olib borilmoqda.

Video