O‘zbekistonda Buyuk Kelajak ekspert kengashi tuzilmoqda. Unda huquq, moliya, ta’lim va tibbiyot sohalaridagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi. Ekspert kengashi tarkibiga chet elda katta obro‘-e’tibor qozonib, o‘z faoliyatini O‘zbekistondan tashqarida olib borayotgan vatandoshlarimiz kiritiladi, deya xabar qildi O‘zA.

Buyuk Kelajak ekspert kengashining asosiy maqsadi O‘zbekistonning 2035 yilgacha bo‘lgan taraqqiyot modelini ishlab chiqishdan iborat. Bunda xalqaro tajribani inobatga olinib, O‘zbekiston bozorini xolis baholanadi. Asosiysi, bu jarayonda xorijda katta obro‘-nufuzga ega o‘zbekistonliklarning shaxsiy tajribasi inobatga olinadi.