Rossiyaning Ryazan viloyati Ryajskiy tumani politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yil 11 yanvarga o‘tar kechasi Sheremetevo qishlog‘ida joylashgan shaxsiy uyda zaharli gaz isidan 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari zaharlangan. Viloyat tergov boshqarmasining aniqlanishicha, barcha shaxslar rasman mahalliy fermer xo‘jaligida mehnat qilishgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, olamdan o‘tganlar quyidagilar:

  1. Samadov Panji Norsoatovich, 1966 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumani, «Qiziljar» aholi punkti Chortosh ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;
  2. Pazilov O‘rmonjon Numonovich, 1966 yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani, «Voxilxaram» qishloq fuqarolar yig‘ini manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;
  3. Mirzojonov Alijon Yuldoshovich, 1969 yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani, «Chimyon» qishloq fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan;
  4. Xayitov Samat Ilmuratovich, 1981 yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Zarafshon shahri, 11-kichik nohiya 8-uy, 8-xonadonda ro‘yxatdan o‘tgan.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani «Ulfatbibi» qishloq fuqarolar yig‘ini, Beshtuvo ko‘chasi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston fuqarosi Saidov Sherxon Muhammadovich (1990 yilda tug‘ilgan) Ryajskiy tuman kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida salomatligi og‘ir holatda saqlanmoqda.

Amaliy yordam berish va masalalarni o‘z o‘rnida hal etish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi xodimlari Ryazan viloyatiga zudlik bilan jo‘nab ketishgan.