2017 yilda GM Uzbekistan zavodida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 58,1 foizga oshib, 135,5 ming donani tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi Mashinasozlik statistikasi boshqarmasi ma’lum qildi.

Jumladan Nexia rusumli avtomobillar soni 34,5 mingtani, Cobalt — 18 ming dona, Matiz — 13 ming dona, Spark — 22,3 ming dona, Gentra — 19,1 ming dona, Damas — 22,4 ming dona, Captiva — 4540 dona, Malibu — 963 dona, Orlando — 388 dona ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda ishlab chiqarish sanoati hajmi 144,2 trln so‘mni tashkil etib, 7 foizlik o‘sish qayd etildi. Sanoatning YAIMdagi ulushi 26,7 foizga yetdi.