2018−2025 yillarda Toshkentning har bir tumanida 10 tadan energiya tejash tizimlariga ega suzish havzalari qurilib, ushbu muddat ichida mavjud basseynlar rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 5 yanvardagi qarorida so‘z boradi.

Norma.uz xabariga ko‘ra, 1 fevraldan hujjat asosida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining poytaxtdagi suzish havzalarida sog‘lomlashtirish guruhlarida mashg‘ulotlarda qatnashish uchun to‘lovlarning yangi miqdorlari joriy etiladi. Unga ko‘ra 4−7 yoshlilar bir oyda — EKOIHning 30 foizi, 8−12 yoshlilar — 40 foiz, 13−17 yoshlilar — 50 foiz, 18 yosh va undan kattalar — 70 foizi miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

Hujjatga muvofiq, basseynlarga kirish joylarida turniketlari va videokameralar o‘rnatiladi.

Davlat sport qo‘mitasi aholini basseynlar joylashgan mazillar, ularning ish jadvallari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va narxlari haqida internet orqali ham keng xabardor qilib boradi.