O‘zbekistonda xorijdagi hamyurtlar bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi Prezident qarori loyihasi 20 iyulgacha ishlab chiqiladi, deyiladi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida.

Loyihada chet eldagi vatandoshlarga kirish vizalari, O‘zbekiston hududida doimiy yashash uchun ruxsat olish, mehnat faoliyati yuritishga litsenziya olish tartiblarini soddalashtirish ko‘zda tutiladi.

Shuningdek hujjatda xorijda yashayotgan yuqori malakali O‘zbekiston fuqarolari va vatandoshlarning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish choralari aks etadi.

Bundan tashqari, mamlakat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarida rahbar va mutaxassis lavozimlariga ochiq tanlovlar e’lon qilish tartibi belgilanadi.