Koreya Respublikasi Shifoxonalar uyushmasi raisi o‘rinbosari, Chonnam milliy universiteti professori Yun Tek Rim O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi lavozimi O‘zbekiston Prezidentining 22−25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi jarayonida ta’sis etilgan edi.

Professor Yun Tek Rim Gurume (Yaponiya) va Jon Xopkins tibbiyot maktablarida malaka oshirgan. Janubiy Koreyada ishlashdan tashqari, u AQSH Jarroh-ortopedlar akademiyasi va Jahon jarroh-ortopedlari va travmatologlari ittifoqida akademik tadqiqotlar o‘tkazgan. Professor 8000 dan ziyod murakkab operatsiyalar o‘tkazgan va o‘z vatanida bir necha marotaba eng yaxshi jarroh sifatida e’tirof etilgan.