O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangilangan Virtual qabulxonasi orqali onlayn maslahat olish imkoniyati yaratiladi.

Ushbu yangilik keng jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan 2018 yilgi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan. Loyiha 30 iyunga qadar amalga oshirilishi lozim.

«Strategik taraqqiyot» markazi O‘zbekiston fuqarolarini Davlat dasturi muhokamasida faol ishtirok etish va o‘z takliflarini kiritishga chaqirmoqda.