O‘zbekiston fuqarosining milliy biometrik pasportini chet elga chiqish pasporti sifatida tan olish rejalashtirilmoqda. Bu muhokama uchun e’lon qilingan 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun fuqarolik pasporti o‘rniga shaxsni tasdiqlovchi ID-identifikatsiya kartasini joriy etish nazarda tutiladi. Prezidentning shu haqdagi farmoni loyihasi aprel oxirigacha tayyorlanib, yangi tartib esa 1 iyuldan joriy etila boshlanishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yildan buyon berilayotgan amaldagi pasport amaliy jihatdan chet elga chiqish pasporti hisoblanib, ko‘plab fuqarolar va ekspertlar ikkinchi pasportning joriy etilishiga qarshi munosabat bildirib, ID-kartalarni yoqlab chiqishgan edi.