«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. 15 yanvargacha davom etuvchi muhokamalarda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Davlat dasturi 237 ta bandni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Prezidentining 22 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasi, shuningdek 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsad g‘oya va vazifalar o‘z aksini topgan.

Muhokama kunlari milliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida anjumanlar va davra suhbatlari o‘tkaziladi.

Jamoat muhokamasi va kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha 20 yanvargacha Davlat dasturining takomillashtirilgan loyihasi tayyorlanadi. Shu yo‘l bilan fuqarolarda mamlakat kelajagiga ta’sir ko‘rsatishning real imkoniyati vujudga keldi.