«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Qamchiq dovonida noqulay ob-havo kuzatilayotgani sababli Andijonga qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi. Dovonda avtomashinalar harakati qiyinlashgani temir yo‘l reyslariga bo‘lgan talabni oshirdi.

«Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va ular xavfsizligini ta’minlash maqsadida „O‘zbekiston temir yo‘llari“ 9 yanvardan 13 yanvargacha „Toshkent-Andijon-Toshkent“ yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ydi», — deya xabar qildi tashuvchi vakili «Gazeta.uz"ga.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, №560 poyezdi Toshkentdan 21:15 da chiqib, 3:16 da Andijonga yetib boradi. Andijondan 7:15 da yo‘lga chiqqan №559 Toshkentga 13:55 da yetib keladi.