11−12 va 14 yanvar kunlari Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, dovon hududida va A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib, ko‘rish darajasining 50−100 metrgacha qisqarishi, shamol tezligi 22−25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Yo‘llarda qor uyumlari, muzlamalar paydo bo‘lishi mumkin.

FVV ko‘rsatib o‘tilgan kunlari avtotransportda Qamchiq orqali safarga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.