7 yanvar kuni Lacetti avtomobilining 1996 yilda tug‘ilgan haydovchisi Toshkentning Yashnobod tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida ajratuvchi to‘siqqa borib urilgan, deya xabar qildi IIBB YHXB «Gazeta.uz"ga.

YTH taxminan 15:30 da sodir bo‘lgan. Avariyaga tezlikni me’yordan oshirish va mashina boshqaruvini yo‘qotish sabab bo‘lgan. Ajratuvchi to‘siqqa kuchli urilishi oqibatida avtomobilning motori chiqib ketgan.

Hodisa natijasida faqatgina haydovchi jarohatlanib, turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.