O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi viloyatlar o‘rtasida yana 12 ta yo‘l-patrul xizmati posti va blokpostlar faoliyati tugatilganini ma’lum qildi.

Shunday qilib, tugatilgan postlar soni 66 taga yetdi. Ularning 23 tasi YPX postlari, 12 tasi blokpost va 24 tasi to‘siq posti hisoblanadi.

Viloyatlar o‘rtasidagi postlarni olib tashlash vazifasi 22 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaatnomasida topshirilgan edi. U o‘z murojaatnomasida bu kabi postlar odamlar harakatlanishiga, ichki iqtisodiyot va tashqi turizmning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotganini ta’kidlagan edi.

66 ta post yopilgunga qadar ular soni 133 tani tashkil etar edi.