Asadjon Xodjayev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qilindi «Gazeta.uz"ga muassasa ma’muriyatidan.

Asadjon Xodjayev (1970 yilda tug‘ilgan) — Toshkent elektrotexnika aloqasi instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (2001 yil) bitiruvchisi. Mutaxassisligi — elektroaloqa muhandisi, iqtisodiyot magistri.

1995−2001 yillarda aloqa vazirligi, Pochta va telekommunikatsiya markaziy apparatida ishlagan, 2001−2003 yillarda «O‘zbekiston pochtasi» Davlat aksionerlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2003−2004 yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati yetakchi konsultanti, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborot xavfsizligi loyihasi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan.

2004−2011 yillarda Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari, 2011−2012 yillarda Intellektual mulk qo‘mitasi bosh direktori, 2012−2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Asadjon Xo‘jayev davlat maslahatchisi o‘rinbosari — O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi etib tayinlandi.